Jahon

Donald Tramp Putin bilan telefonlashdi

Ularning suhbati 1,5 soat davom etgan.

Donald Tramp Putin bilan telefonlashdi

Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin AQSHlik hamkasbi Donald Tramp bilan telefon orqali suhbatlashdi.

 

Rossiya Prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, ikki davlat yetakchilari birinchi navbatda Ukrainadagi mojaroga eʼtibor qaratgan. Tramp  Ukrainadagi harbiy harakatlarni imkon qadar tezroq to‘xtatish tarafdori ekanligini maʼlum qilgan. Putin esa avvalo mojaroning asl kelib chiqish sabablarini bartaraf etish lozimligini taʼkidlagan.

 

Vladimir Putin Trampning birgalikda ishlash vaqti kelgani haqidagi fikrini qo‘llab-quvvatlab, uni Moskvaga taklif qildi. Shuningdek, siyosatchilar o‘zaro uchrashuv tashkil etish bo‘yicha ham kelishib oldi. Rossiya Prezidenti Ukraina masalasida muloqot uchun tashrif buyuruvchi AQSH rasmiylarini qabul qilishga tayyorligini bildirgan.

 

Donald Tramp o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida suhbat juda mazmunli bo‘lgani haqida yozdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar Yaqin Sharqdagi vaziyatni tartibga solish hamda Eronning yadroviy dasturi bo‘yicha ham fikr almashishgan. Qolaversa, Rossiya va AQSH o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik masalalari ham muhokama qilingan.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Donald Tramp Putin bilan telefonlashdi | Zamon.uz