Parijda noyob kafe ochildi
U yerda mehmonlar xat yozib qoldirishi mumkin.

Maktub yozilgach, u sham mumi bilan muhrlanadi va kafening devorida joylashgan, yetkazib berish sanasi ko‘rsatilgan maxsus pochta qutilariga joylashtiriladi.
Xizmat narxi saqlash muddatiga bog‘liq: bir yildan keyin yetkazish 15 yevro, besh yildan keyin 25 yevro, yigirma yildan keyin esa 45 yevro turadi. Agar mijoz manzilini o‘zgartirsa, u uni kafening veb-saytida yangilashi mumkin.
Mazkur g‘oya Café Pli asoschisi Jenevyev Landsman Koreyaga safar qilganida o'ylab topilgan. Endilikda bu kafe ijtimoiy tarmoqlarda juda mashhur joyga aylangan.







