Jahon

Olmaliqdagi koloniyada 21 yoshli mahkum vafot etdi

Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Olmaliqdagi koloniyada 21 yoshli mahkum vafot etdi

Avvalroq ijtimoiy tarmoqda Olmaliqdagi koloniyada jazo o‘tayotgan 21 yoshli sportchi yigit vafot etganligi haqida xabalar tarqalgandi. Videoda marhumning onasi joriy yilning 26-28 yanvar kunlari o‘g‘li bilan uzoq muddatli uchrashuvda bo‘lgani va u sog‘lig‘i bo‘yicha hech qanday shikoyat qilmaganini maʼlum qilgan.

 

Mazkur holat Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) tomonidan nazoratga olingan.

 

14-son jazoni ijro etish koloniyasi navbatchilik qismi tomonidan berilgan maʼlumotlarga ko‘ra, joriy yilning 14 fevral kuni soat 22:45 da jazo muddatini o‘tayotgan mahkum sog‘lig‘ida o‘zgarish sezgani sababli koloniya shifokorlariga murojaat qilgan. Birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilganidan so‘ng ham uning holati yaxshilanmagani sababli, u Olmaliq shahar markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.

 

Biroq, ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan, mahkum 15 fevral kuni soat 01:00 da shifoxonada gipertoniya va birlamchi yurak yetishmovchiligi oqibatida vafot etganligi aytilmoqda.

 

Maʼlumotlarga ko‘ra, marhumga sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.

 

"Hozirda mazkur holat Ombudsman xodimlari va Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan joyiga chiqib o‘rganilmoqda. Shuningdek, Ombudsmanning Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakili marhumning oila aʼzolari bilan uchrashib, taʼziya bildirgan.

 

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga Ombudsman tomonidan murojaat yuborildi. Ombudsman tergovga qadar tekshiruv davomida mazkur holatni har tomonlama, to‘liq va xolisona o‘rganish taʼminlanishini so‘raydi. Holatga doir maʼlumotlar o‘rganilmoqda", - deyiladi xabarda.

custom img

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytiradi: Alisher Usmonov ro‘yxatdan chiqariladi

Qaror Latviya avvalgi e’tirozidan voz kechib, ovoz berishda betaraf qolganidan so‘ng ma’qullangan.

custom img

“Kelishuv bo‘lmasa, Eronni yo‘q qilamiz”: Tramp BMTda Eron haqida gapirdi

Donald Tramp boshqa davlatlarni Tehronni iqtisodiy jihatdan yakkalashga va muzokaraga majburlashga chaqirdi.

custom img

Eronga parvozlar to‘xtatildi: Turkiyaning uchta aviakompaniyasi qaror qabul qildi

Turkiyaning Turkish Airlines, AJet va Pegasus aviakompaniyalari 21-sentyabrdan Eronga va Erondan amalga oshiriladigan reyslarni to‘xtatdi. Bu AQSHning Eron aviatsiya sektoriga nisbatan yangi sanksiyalari kuchga kirishi fonida yuz berdi.

custom img

Maktabdagi otishma: Turkiyada 10 kishi yaralandi

15 yoshli o‘quvchi miltiq bilan maktab oldiga borib, otishma uyushtirgan.

custom img

5 mlrd dollar ajratiladi: AQSH Yaqin Sharq energetikasini tiklashni taklif qildi

Umumiy qiymati 10 mlrd dollarga yetishi mumkin bo‘lgan fond Hurmuz bo‘g‘oziga neft va gaz tashishda qaramlikni kamaytiruvchi infratuzilmani rivojlantirishga ham yo‘naltiriladi.

custom img

Generallar ham qutula olmadi: Xitoyda ikki yuqori martabali harbiy haydaldi

Generallar partiyaga sadoqatsizlik, guruhbozlik, mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish va korrupsiyada ayblangan.

custom img

Yangi cheklov: AQSh Eron aviakompaniyalarining dunyo bo'ylab parvozlarini to'xtatmoqchi

Eron aviakompaniyalariga xizmat ko‘rsatadigan xorijiy aeroport va kompaniyalar AQSh sanksiyalariga duch kelishi hamda dollar tizimidan uzilishi mumkin.

custom img

Italiya maktablarida xorijiy o‘quvchilar soni cheklanadi: burqa va niqob kiyish ham taqiqlanadi

Ayrim xorijlik o‘quvchilarning ota-onalariga italyan tilini o‘rganish majburiyati yuklatilishi mumkin.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"