Jahon

Germaniya Ukrainaga yana 300 ta dron yetkazib berdi

Shuningdek, Kiyevga minadan tozalash mashinalari yuborilgan.

Germaniya Ukrainaga yana 300 ta dron yetkazib berdi

Ukrainaga yuborilgan yangi partiya 339 ta razvedkachi dronni, xususan, Vestor, RQ-35 Heidrun, Songbird va Hornet XR rusumlarini o‘z ichiga oladi.

 

Germaniya hukumati Ukrainaga ikkita zirhli minadan tozalash mashinasi, 16 ta minaga qarshi trol, 56 ta minadan himoyalangan zirhli mashina va sakkizta chegara patrul mashinasini topshirgan.

 

Bundan tashqari, Ukraina ikki g‘ildirakli gaubitsa, yuzta pulemyot, 3900 ga yaqin avtomatik qurol va o‘q-dorilar, shu jumladan, 50 ming artilleriya snaryadlari, shuningdek Gepard o‘ziyurar zenit o‘rnatish moslamalari va zenit-raketa tizimlari uchun 41 mingta snaryad olgan.

 

Federal hukumat maʼlumotlariga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi boshlanganidan beri Germaniya umumiy qiymati 28 milliard yevro miqdorida harbiy yordam ko‘rsatgan. 2022 yilda Germaniya hukumati ushbu maqsadlar uchun 1,6 milliard yevro, 2023 yilda 5 milliard yevroga yaqin, 2024 yilda esa 7,1 milliard yevro sarflagan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Germaniya Ukrainaga yana 300 ta dron yetkazib berdi | Zamon.uz