Jahon

Amerikada ikkita samolyot to‘qnashib ketdi

Hodisa oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi.

Amerikada ikkita samolyot to‘qnashib ketdi

AQShning Janubiy Arizonasi shtatida sodir bo‘lgan ikki kichik samolyotning to‘qnashuvi natijasida ikki kishi halok bo‘ldi.

 

Milliy transport xavfsizligi kengashi (NTSB) ma’lumotlariga ko‘ra, har ikkala samolyotda ham ikki kishidan bo‘lgan. To‘qnashuv chorshanba kuni Marana hududiy aeroporti yaqinida, Tukson shahri yaqinida yuz bergan.

 

Hodisa natijasida Cessna 172 samolyoti favqulodda qo‘nishni muvaffaqiyatli amalga oshirgan, biroq Lancair 360 MK II samolyoti yerga qulab, yonib ketgan. Halok bo‘lgan ikki kishi shu samolyot bortida bo‘lgan, biroq Marana politsiyasi aynan qaysi samolyotda ekanligini rasman tasdiqlamagan.

 

Cessna 172 samolyoti AeroGuard uchuvchilik maktabiga tegishli bo‘lib, ushbu kompaniya rasmiy vakillari ularning ikki uchuvchisi sog‘-salomat ekanini bildirgan.

 

Marana shahri ma’muriyati bergan bayonotga ko‘ra, ushbu samolyotlar aeroportga doimiy joylashgan emas. Hodisa sodir bo‘lganidan so‘ng, yong‘in tezkorlik bilan o‘chirilgan.

 

AeroGuard kompaniyasi vakili Mett Panichas ushbu halokat tafsilotlarini sharhlashdan bosh tortgan, biroq kompaniya hodisa bo‘yicha rasmiy tergov bilan hamkorlik qilayotganini bildirgan.

 

"Ikki insonning fojiali o‘limi bizni chuqur qayg‘uga soldi. Biz ularning yaqinlari va oilalariga hamdardlik bildiramiz," – deydi u.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Amerikada ikkita samolyot to‘qnashib ketdi | Zamon.uz