Xitoyda yangi koronavirus aniqlandi
U inson hujayralarini zararlay oladi.

Xitoylik virusologlar ko‘rshapalaklarning yangi koronavirusini aniqlashdi, u ham COVID-19 singari odamlarga yuqishi mumkin. Bu haqda South China Morning Post xabar berdi.
Ushbu virus birinchi marta Gonkongda yapon ko‘rshapalagida aniqlangan HKU5 koronavirusining yangi tarmog‘i hisoblanadi.
Xitoy fanlar akademiyasining Guanchjoudagi bo‘limi, Uxan universiteti va Uxan virusologiya instituti olimlari Guanchjoudagi laboratoriyada virusni chuqur o‘rganishdi. Taʼkidlanishicha, ko‘rshapalaklar namunalaridan olingan yangi virus inson hujayralarini zararlay oladi. Hozircha xavotirga o‘rin yo‘q, biroq yana-da chuqurroq tadqiqotlar o‘tkazilishi lozim, deyilmoqda.







