Jahon

Turkiyalik erkak ikki yildan beri g‘orda yashamoqda

Uning uyi zilzila paytida vayron bo‘lgandi.

Turkiyalik erkak ikki yildan beri g‘orda yashamoqda

Turkiyaning Xatay viloyatida yashovchi 55 yoshli Ali Bozo‘g‘lan ikki yildan beri g‘orda yashamoqda. Uning uyi zilzila natijasida butkul vayron bo‘lganidan so‘ng, u o‘ziga yangi boshpana sifatida tabiiy g‘orni tanladi.

 

“Har kim ham g‘orda yashay olmaydi, lekin men bunga qodirman. Chunki men boshqalardan farqli insonman”, – deydi u.

 

Bozo‘g‘lan yangi yashash sharoitiga moslashib bo‘lganini va boshqa joyga ko‘chishni xohlamasligini taʼkidlaydi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"