Jahon

Sun’iy intellekt sabab bank xodimlari bo’shatilmoqda

Singapur banki 4 ming xodimdan voz kechmoqchi.

Sun’iy intellekt sabab bank xodimlari bo’shatilmoqda

Janubi-Sharqiy Osiyoning eng yirik moliya institutlaridan biri bo‘lgan DBS Group Holdings Ltd. yaqin uch yil ichida 4 ming xodimini qisqartirish rejasini e’lon qildi. Bunga sun’iy intellekt texnologiyalarining rivojlanishi va insonlar tomonidan bajarilayotgan vazifalarni samaraliroq uddalay boshlagani sabab qilib ko‘rsatilmoqda.

 

Ushbu rejani bankning bosh ijrochi direktori Piyush Gupta tasdiqlagan. Unga ko‘ra, qisqartirishlar asosan vaqtinchalik va shartnoma asosida ishlovchi xodimlarga taalluqli bo‘lib, doimiy ishchilarga ta’sir qilmaydi. Ayni paytda DBS bankining shtati 41 mingdan ortiq ishchini tashkil etadi.

 

Ekspertlarning fikricha, bu jarayon faqat bitta bank bilan cheklanmaydi. Tahlillarga ko‘ra, kelgusi 3-5 yil ichida jahon bank sektorida sun’iy intellektning joriy etilishi tufayli 200 mingga yaqin ish o‘rni qisqarishi mumkin.

 

Biroq, JPMorgan Chase bankida sun’iy intellekt bo‘yicha mas’ul Tereze Xaytsenreter AI texnologiyalari ish o‘rinlari kamayishiga emas, aksincha, kengayishiga xizmat qilayotganini ta’kidlagan.

 

Shu bilan birga, dunyo bo‘ylab sun’iy intellekt mutaxassislarini tayyorlashga e’tibor kuchaymoqda. Janubiy Koreya sun’iy intellekt sohasida mutaxassislar yetishtirishga qaratilgan yangi o‘quv markazlari va dasturlarni ishga tushirgan.

 

Bundan tashqari, Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi tomonidan Davos Jahon iqtisodiy forumi oldidan e’lon qilingan tadqiqotda ilg‘or mamlakatlardagi ish o‘rinlarining 60 foizi sun’iy intellekt ta’siriga tushishi mumkinligi qayd etilgan. Bu esa, moliya sektorida katta o‘zgarishlar kutilayotganidan dalolat beradi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Sun’iy intellekt sabab bank xodimlari bo’shatilmoqda | Zamon.uz