Bir necha hafta ichida Ukrainada sulhga erishish mumkin
Emmanuyel Makron Ukrainadagi vaziyat haqida gapirdi.

Fransiya prezidenti bu haqda Fox News telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Menimcha, sulh kelishuviga erish mumkin. Bu yaqin haftalarda ro‘y berishi ehtimoli bor. Vaqtinchalik sulh yoki uzoq muddatli o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv ortidan barqaror tinchlik bo‘yicha muzokaralar boshlanishi kerak”, — deya fikr bildirdi Fransiya prezidenti.
Makron tinchlik kelishuvining imzolanishi yakuniy natija bo‘lishi kerakligini taʼkidlab, unda hududiy daʼvolar va Ukrainani qayta tiklash masalalari muhokama qilinishi lozimligini aytdi.
“Tinchlik shartnomasida Rossiya kelishuvni buzgan taqdirda, AQSHning birdamlik ko‘rsatishga qay darajada tayyorligi aniq belgilanishi shart. Bu faqat Yevropaning xavfsizligi masalasi emas, balki dunyo miqyosida Qo‘shma Shtatlarga bo‘lgan ishonch masalasi hamdir”, — deya qo‘shimcha qildi Makron.







