Yangi virus vaksina ishlab chiqaruvchilarni shoshirib qo‘ydi
Hozirda farmatsevtika kompaniyalari aksiyalariga talab oshgan.

Avvalroq virusologlar tomonidan yangi koronavirus aniqlangani haqida xabar tarqalgandi. Bu AQSH, Koreya va Gonkongdagi vaksina ishlab chiqaruvchilar va tibbiyot kompaniyalari aksiyalarining o‘sishiga sabab bo‘ldi.
24 fevral, dushanba kuni Osiyo diagnostika to‘plami va vaksina ishlab chiqaruvchilarining aksiyalari global trendni kuzatdi. Tadqiqotchilar yangi virus COVID-19 kabi hujayralarga kirib borishini aniqlaganlaridan so‘ng, farmatsevtika kompaniyalari aksiyalariga talab oshdi.
Janubiy Koreyada COVID-19 va grippga qarshi test to‘plamlarini ishlab chiqaruvchi Sugentech kompaniyasining aksiyalari dushanba kuni Koreya fond birjasida (KRX) eng yaxshi daromad ko‘rsatuvchilar qatoriga kirdi.
Xitoy virusologlarining tadqiqoti “Sell” jurnalida chop etilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, yangi virus hayvonlardan odamga yuqishi mumkin, lekin u hozircha odamlarda aniqlanmagan.
“Reuters” agentligi ushbu virus yangi pandemiyaga sabab bo‘lishi mumkinligi haqidagi xavotirlar borligini taʼkidladi. Biroq, Minnesota universitetining yuqumli kasalliklar bo‘yicha mutaxassisi doktor Maykl Osterxolm bu xavotirlarni ortiqcha deb hisoblaydi. Uning fikricha, aholida 2019 yilga nisbatan shu kabi viruslarga qarshi immunitet shakllangan, bu esa pandemiya xavfini kamaytirishi mumkin.







