Afg‘onistonda suv toshqini sabab 29 kishi halok bo‘ldi
Shuningdek, 10 dan ortiq kishi jarohatlangan.

Afg‘onistonning Farah va Qandahor viloyatlarida suv toshqinlari oqibatida kamida 29 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Ariana News agentligi xabar berdi.
Farahdagi tabiiy ofatlarga qarshi kurash boshqarmasi boshlig‘i Muhammad Israel Sayyarning so‘zlariga ko‘ra, Farah viloyatining Qalʼa-i-Kah tumanida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida 21 nafar mahalliy aholi halok bo‘lgan, yana 11 kishi jarohatlangan.
“Jabrlanganlar dam olish maqsadida Qala-i-Kah tog‘lariga yo‘l olishgan, biroq to‘satdan suv oqimi ularni oqizib ketgan”, - deyiladi xabarda.
Afg‘oniston janubidagi Qandahorda yana sakkiz kishi, jumladan, to‘rt bola halok bo‘ldi, yana olti kishi yaralandi.







