Janubiy Koreya prezidenti xalqdan kechirim so‘radi
U mamlakatda harbiy holat joriy qilganidan afsusda.

“Xalqdan kechirim so‘rayman va minnatdorlik bildiraman. Harbiy holat mamlakatimiz va xalqimizni o‘ylab joriy etilgandi, biroq bu jarayon odamlarimiz uchun tushunmovchiliklar va noqulayliklar tug‘dirganidan afsusdaman, buning uchun chin ko‘ngildan kechirim so‘rayman", — dedi Yun Sok Yol Konstitutsion sudda.
Prezident o‘z bayonotida harbiy holat eʼlon qilgani ortidan qo‘yilgan isyon borasidagi ayblovlarni bir necha marta inkor etdi. Yun siyosatchilarni hibsga olish yoki Milliy assambleya binosidan deputatlarni chiqarib yuborishga buyruq bergani haqidagi daʼvolarni “bemaʼnilik” deb atadi.
Yun Sok Yol shu yilning 15 yanvarida isyon ishi bo‘yicha tergov organi tomonidan hibsga olingan edi. Yun Sok Yolning o‘zi esa prokuratura so‘roviga ko‘ngilli ravishda kelgani va aybsiz ekanligini taʼkidlamoqda.







