Jahon

Hindistonda erkak kinoteatrni sudga berdi

Bunga reklamalar sabab ishga kechikkani sabab bo'lgan.

Hindistonda erkak kinoteatrni sudga berdi

 

Hindistonning Bangalor shahrida yashovchi 30 yoshli erkak kinoteatrda film boshlanishidan oldin haddan tashqari ko‘p reklama namoyish qilingani uchun PVR Inox kinoteatrlar tarmog‘ini sudga berdi va da’voda yutib chiqdi.

 

2024-yil dekabr oyida Abishek ismli fuqaro do‘stlari bilan “Dovyurak Sem” filmini tomosha qilish uchun kinoga borgan. Film jadvalga ko‘ra 16:05 da boshlanishi kerak edi, ammo film oldidan 25 daqiqa davomida tijorat reklamasi va bo‘lajak filmlar anonsi qo‘yilgan.

 

Natijada, Abishek ishga kechikkan va rejalashtirilgan boshqa tadbirlarda qatnasha olmagan. U kinoteatr tomoshabinlarning vaqtini tijorat maqsadlarida suiiste’mol qilganini aytib, sudga murojaat qilgan. Sud qarorida "zamonaviy dunyoda vaqt pul bilan teng va uni behuda sarflashga hech kim majbur bo‘lmasligi kerak", deb ta’kidlangan.

 

Kinoteatr tarmog‘i vakillari ijtimoiy reklamalarni namoyish etish qonuniy talab ekanini aytib, o‘zlarini oqlashga urindi. Biroq sud filmdan oldin ko‘rsatilgan reklamalarning aksariyati tijoriy xarakterga ega ekanini aniqladi va da’vogar foydasiga qaror chiqardi.

 

Hindistonda kinoreklama sanoati tez rivojlanib, u eng samarali marketing vositalaridan biri hisoblanadi. G‘arb mamlakatlaridan farqli ravishda, Hindiston kinoteatrlarida reklama faqat film oldidan emas, balki film o‘rtasida ham namoyish etiladi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Hindistonda erkak kinoteatrni sudga berdi | Zamon.uz