Isroilda terrorchilik hujumi uyushtirildi
Oqibatda kamida 12 kishi jarohatlangan.

Isroilning Pardes Xanna-Karkur qishlog‘i yaqinida sodir bo‘lgan hujum natijasida kamida 12 kishi jarohatlandi, ulardan biri og‘ir ahvolda.
Hodisa mamlakat shimolidagi trassada yuz bergan bo‘lib, avtomobil piyodalar ustiga borib urilgan. Shuningdek, voqea joyida ikki politsiyachi pichoqlangani haqida ham xabar berilgan.
Isroil xavfsizlik kuchlari hujumchini otib o‘ldirgan. Hozirda jinoyatchining shaxsi aniqlashtirilmoqda. Voqea yuzasidan rasmiy organlar tergov ishlarini olib bormoqda.







