Amerikada Tramp tasvirlangan dollar chiqarilishi mumkin
Bu inflyatsiya tufayli naqd pulga talab oshgani bilan bog'liq.

Janubiy Karolinadan saylangan respublikachi kongressmen Jo Uilson AQShda yangi 250 dollarlik banknota chiqarish taklifini ilgari surdi. Uning tashabbusiga ko‘ra, ushbu banknotada sobiq prezident Donald Trampning surati joylashtirilishi kerak.
Uilson o‘z taklifini X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilib, bu g‘oya Bayden ma’muriyati davrida inflyatsiya oshgani sababli naqd pulga bo‘lgan ehtiyoj ortib borayotgani bilan bog‘liqligini ta’kidladi.
Ammo AQSh qonunchiligiga ko‘ra, 1866 yildan beri tirik shaxslarning tasvirlarini banknot va tangalarga joylashtirish taqiqlangan. Shu sababli bu taklifning amalga oshishi ehtimoli past.







