Jahon

KXDR yadro qurolini ishga tushirishga tayyorligini eʼlon qildi

Kim Chen In armiyaga yadro kuchlarini har doim jangovar holatda saqlashni buyurdi.

KXDR yadro qurolini ishga tushirishga tayyorligini eʼlon qildi

 

26 fevral kuni Shimoliy Koreya strategik qanotli raketalarini sinovdan o‘tkazdi, tadbirda Kim Chen In ham qatnashdi. U armiyaga yadro kuchlarining jangovar tayyorgarligini oshirish va ularni qo‘llashga to‘liq tayyor bo‘lishni buyurdi.

 

Sinovlar 26 fevral kuni ertalab o‘tkazilgan. Raketa 1587 km masofani 7,9 ming soniyada bosib o‘tib, belgilangan nishonga aniq teggan. Bu sinovlarning asosiy maqsadi mamlakat xavfsizligiga tahdid solayotgan dushmanlarga ogohlantirish berish va turli yadro vositalarining tayyorligini ko‘rsatish ekanligini taʼkidladi.

 

Kim Chen Inning so‘zlariga ko‘ra, kuchli zarba berish qobiliyati eng mukammal himoya va mudofaa hisoblanadi. U Shimoliy Koreya qurolli kuchlarining asosiy vazifasi yadro quroli orqali mamlakat suvereniteti va xavfsizligini taʼminlash ekanligini qayd etdi.

 

Janubiy Koreya harbiylari 26 fevral kuni Shimoliy Koreya tomonidan raketa uchirishga tayyorgarlik belgilarini aniqlagan va ularning parvozini kuzatgan. Maʼlumotlariga ko‘ra, Pxenyan yadro kallaklarini yetkazib berishga mo‘ljallangan strategik qanotli raketalarni ishlab chiqish bilan bir necha yildan beri shug‘ullanmoqda.

 

2024 yil yanvar oyida Shimoliy Koreya o‘rta va uzoq masofaga uchuvchi gipertovushli ballistik raketasini sinovdan o‘tkazgan edi. Kim Chen Inning taʼkidlashicha, bu raketa istalgan raketaga qarshi mudofaa tizimini yengib o‘ta oladi. Pxenyan 2021 yildan buyon gipertovushli qurollarni sinovdan o‘tkazayotganini bildirsada, ularning uchish masofasi 1,5 ming km dan oshmagan.

custom img

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

custom img

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

custom img

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

custom img

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

custom img

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

custom img

Uyda yolg‘iz qizaloq: Yaponiyada o‘zbekistonlik kuryer 10 yoshli qizga shilqimlik qildi

Qiz voqeadan so‘ng politsiyaga murojaat qilgan va erkak hibsga olingan.

custom img

Ilk qo‘shma investitsiya: AQSH va Ukraina muhim minerallar bo'yicha kelishuv imzolandi

Yangi loyihalarning umumiy qiymati qariyb 70 mln dollarni tashkil etadi.

custom img

Flydubai’dagi hodisa: Tel-Avivga parvozlar to‘xtatildi

Saudiya Arabistonining Tabuk shahriga favqulodda qo‘nganidan so‘ng aviakompaniya reyslarni keyingi xabargacha to‘xtatdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"