Ilon Mask 14-marta ota bo‘ldi
Neuralink rahbari Shivon Zilis Ilon Maskdan to‘rtinchi farzandini dunyoga keltirdi.

Mashhur tadbirkor, Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask yana ota bo‘ldi. Uning 14-farzandini Neuralink kompaniyasining rahbari Shivon Zilis dunyoga keltirildi. Bu haqda Zilis o‘zining X (sobiq Twitter) sahifasida e’lon qilgan.
“Biz bu haqda Ilon bilan maslahatlashdik va go‘zal qizimiz Arkadiyaning tug‘ilgan kuni munosabati bilan yana bir ajoyib farzandimiz haqida ochiq gapirishga qaror qildik. Uning ismi Seldon Likurg va u nihoyatda mehribon bola”, – deb yozdi Zilis.
Shivon Zilisning so‘zlariga ko‘ra, bu uning to‘rtinchi farzandi, biroq bolaning yoshi va boshqa tafsilotlarini oshkor qilishni istamagan.
Shivon Zilis va Ilon Maskning birinchi farzandlari – egizaklar Azur va Strayder 2021-yilda sun’iy urug‘lantirish (EKU) orqali dunyoga kelgan. O‘sha yilning o‘zida Maskning o‘sha paytdagi sevgilisi, qo‘shiqchi Grimes (haqiqiy ismi – Kler Elis Bushe) ham farzand ko‘rgan edi. Keyinchalik Zilis va Maskning Arkadya ismli qizi tug‘ildi, biroq uning jinsi uzoq vaqt sir tutilgan.
Ilon Maskning jami 14 nafar farzandi bor. Ularning biri bilan Mask aloqani uzgan, chunki u jinsini o‘zgartirgan.
Tadbirkorning ilk rafiqasi Jastin Uilson bo‘lib, ularning turmushi 2000-2008 yillar mobaynida bo'lgan. Ushbu nikoh davomida juftlik oltita farzand ko‘rgan. Afsuski, ularning to‘ng‘ich farzandi Nevada atigi 10 haftalikligida hayotdan ko‘z yumgan. Keyinchalik Mask va Uilsonning egizak va uch egizak farzandlari tug‘ilgan.
Bundan tashqari, Maskning Grimes bilan uch nafar farzandi bor. Ularning munosabatlari 2021-yilda yakunlangan.
Ilon Mask va Shivon Zilis ilk bor 2025-yil 22-yanvar kuni omma oldida birga ko‘rinish bergan. Biroq ular rasman turmush qurishmagan.







