Jahon

Londonda Ukraina bo‘yicha muhim muzokara bo'lib o'tdi

Buyuk Britaniya Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda davom etadi.

Londonda Ukraina bo‘yicha muhim muzokara bo'lib o'tdi

 

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer va Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Londonda uchrashib, ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazdi. Bu uchrashuv Ukraina bo‘yicha sammit arafasida bo‘lib o‘tdi.

 

Zelenskiy 1-mart kuni Britaniya hukumatining rasmiy qarorgohiga tashrif buyurdi. Uchrashuv bir soat davom etdi va undan so‘ng Starmer mehmonini avtomobiligacha kuzatib qo‘ydi.

 

Muloqot davomida Buyuk Britaniya Bosh vaziri Qirollikning Ukrainaga bo‘lgan qat’iy qo‘llab-quvvatlovi haqida gapirdi:

– Eshitib turganingizdek, tashqaridan kelayotgan ovozlar butun mamlakatdagi xayrixohlikning isboti. Biz siz bilanmiz va Ukraina bilan birga qolamiz, – dedi Starmer.

 

U Buyuk Britaniya Ukrainaga yordam berishda davom etishini ta’kidlab, Kiyevning suvereniteti va xavfsizligi Yevropadagi barqaror tinchlikning garovi ekanini qayd etdi.

 

O‘z navbatida, Zelenskiy Britaniya hukumati va fuqarolariga ko‘rsatib kelayotgan yordami uchun minnatdorlik bildirdi. Shuningdek, u tashrifi davomida Qirol Charlz III bilan ham uchrashish niyatida ekanini ma’lum qildi.

 

– Biz sizdan qo‘llab-quvvatlov kutamiz, – dedi Ukraina Prezidenti qarorgohni tark etarkan.

 

Ukraina OAV xabarlariga ko‘ra, Buyuk Britaniya Kiyevning mudofaa ehtiyojlari uchun 2,6 milliard funt-sterling miqdorida moliyaviy kelishuv imzolagan.

 

Zelenskiy AQShda Donald Tramp bilan bahsga kirishganidan so‘ng Londonga yetib keldi. Bugun esa Buyuk Britaniya poytaxtida Ukraina bo‘yicha muhim sammit bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Londonda Ukraina bo‘yicha muhim muzokara bo'lib o'tdi | Zamon.uz