Jahon

Norvegiya AQSH harbiylariga endi yonilg‘i yetkazib bermaydi

Bunga Tramp va Zelenskiy o‘rtasidagi kelishmovchilik sabab bo‘ldi.

Norvegiya AQSH harbiylariga endi yonilg‘i yetkazib bermaydi

Norvegiyaning “Haltbakk Bunkers” neft kompaniyasi AQSH harbiylariga yonilg‘i yetkazib berishni to‘xtatishga qaror qildi.

 

Kompaniyaning ushbu qarori AQSH prezidenti Donald Tramp, AQSH vitse-prezidenti J.D. Vens va Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘rtasidagi mojarodan keyin qabul qilingan.

 

“Haltbakk Bunkers” Facebook sahifasida AQSH qurolli kuchlari bilan hamkorlikni to‘xtatayotgani haqida bayonot berdi: “Biz AQSHning amaldagi prezidenti va uning vitse-prezidenti tomonidan jonli efirda amalga oshirilgan eng katta sharmandalikka guvoh bo‘ldik”.

 

Kompaniya AQSH harbiy-dengiz kuchlari kemalariga yonilg‘i yetkazib berishni vaqtincha to‘xtatganini ham qo‘shimcha qildi. Bundan tashqari, kompaniya rahbari Gunnar Granning “Agar Donald Tramp AQSH prezidenti bo‘lib qolsa, biz ularga hatto bir litr ham yonilg‘i yetkazib bermaymiz”, degan.

 

Biroq keyinchalik Norvegiya mudofaa vaziri Tore Sandvik rasmiy bayonot berib, Norvegiya AQSH harbiylariga xizmat ko‘rsatishda davom etishini tasdiqladi.

 

custom img

AQSh Eron bilan aloqador 60 dan ortiq tashkilot, shaxs va kemaga sanksiya joriy qildi

Vashingtonning maqsadi Eronni xalqaro miqyosda yanada yakkalash va Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining moliyalashtirish manbalarini cheklashdan iborat.

custom img

Singapur oilalarga har bir farzand uchun 55 ming dollardan ortiq yordam beradi

Mamlakat tug‘ilish darajasini oshirish maqsadida oilalarni qo‘llab-quvvatlash choralarini kengaytirmoqda.

custom img

AQSh 200 minggacha vizalarni bekor qilishi mumkin

Viza bekor qilinishi uning egasi darhol AQShdan deportatsiya qilinishini anglatmaydi.

custom img

AQSh Suriyani terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar ro‘yxatidan chiqardi

Endi ro‘yxatda Kuba, Eron va Shimoliy Koreya qolmoqda.

custom img

Eronda Trampning o‘g‘lini o‘ldirganlik uchun 10 mln dollar mukofot va’da qilindi

Eron televideniyesi Barron Trampning ehtimoliy manzillari va universitetga borish yo‘nalishi ko‘rsatilgan lavhani e’lon qildi.

custom img

Eron kelgusi 50 yillik tahdidlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Mudofaa vazirligi mamlakatga kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavfsizlik tahdidlarini o‘rganib, mudofaa siyosatining uzoq muddatli yo‘nalishlarini belgiladi.

custom img

“Urush davom etayotgan paytda saylov o‘tkazish Ukrainani parchalab yuboradi” – Zelenskiy

Ukraina prezidenti mamlakatda saylov o‘tkazish masalasini muhokama qilishdan avval urush sharoitidagi xavfsizlik muammolari va jamiyatdagi ehtimoliy bo‘linishlarni hisobga olish zarurligini ta’kidlagan.

custom img

Rossiyada ikki Tojikiston fuqarosi ayollar kiyimida yurgani uchun deportatsiya qilinadi

Shuningdek, ularga nisbatan 10 sutkalik ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"