Jahon

Tramp AQSHda kriptovalyuta zaxirasi yaratmoqchi

Buning uchun maxsus ishchi guruh ham tuziladi.

Tramp AQSHda kriptovalyuta zaxirasi yaratmoqchi

Tramp raqamli aktivlar haqidagi farmoniga tayanib, yangi kriptorezerv yaratilishini maʼlum qildi. 23 yanvarda imzolangan ushbu hujjatda kriptovalyutalar tilga olingan bo‘lsada, davlat zaxirasi haqida aniq maʼlumot berilmagan.

 

Bu farmon asosida prezident maslahatchisi rahbarligida maxsus ishchi guruh tuzilgan bo‘lib, uning tarkibiga moliya vaziri, bosh prokuror, savdo vaziri va boshqa rasmiylar kiritilgan. 2 mart kuni Tramp aynan shu guruh kriptorezervni tashkil qilishini tasdiqladi.

 

Tramp kriptorezerv tarkibiga XRP (Ripple), SOL (Solana) va ADA (Cardano) kiritishni rejalashtirayotganini aytdi. Bu xabardan so‘ng ushbu kriptovalyutalar narxi 10-35 foizga oshdi. Boshqa kriptovalyutalar, jumladan, bitkoin ham qimmatlashdi.

 

Tramp bu tashabbusni kriptoindustriyani rivojlantirish va AQSHni jahon kriptovalyuta markaziga aylantirish uchun muhim qadam deb baholadi.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Uyda yolg‘iz qizaloq: Yaponiyada o‘zbekistonlik kuryer 10 yoshli qizga shilqimlik qildi

Uyda yolg‘iz qizaloq: Yaponiyada o‘zbekistonlik kuryer 10 yoshli qizga shilqimlik qildi

Qiz voqeadan so‘ng politsiyaga murojaat qilgan va erkak hibsga olingan.

Tramp AQSHda kriptovalyuta zaxirasi yaratmoqchi | Zamon.uz