Jahon

Dunyodagi eng saxovatli donor vafot etdi

Uning qoni 2 milliondan ortiq bolaning hayotini saqlab qolgan.

Dunyodagi eng saxovatli donor vafot etdi

 

Dunyodagi eng saxovatli donor sifatida tan olingan avstraliyalik Jeyms Xarrison 88 yoshida vafot etdi. U 17-fevral kuni Yangi Janubiy Uelsdagi qariyalar uyida hayotdan ko‘z yumdi.

 

Jeyms Xarrison 1954-yilda donorlik faoliyatini boshlagan va oradan ko‘p o‘tmay, uning qonida noyob antikor borligi aniqlangan. Bu kashfiyot Anti-D preparatini ishlab chiqishda asos bo‘ldi, natijada Avstraliyada rezus mos kelmasligi sabab chaqaloqlarda yuzaga keladigan gemolitik kasallikning oldini olish imkoniyati yaratildi.

 

Xarrison hayoti davomida 1173 marta qon topshirgan va uning saxovatli yordami tufayli 2,4 milliondan ortiq chaqaloqning hayoti saqlab qolingan. U Avstraliyada "oltin qo‘lli odam" nomi bilan mashhur bo‘ldi.

 

Xarrison 14 yoshida og‘ir jarrohlik amaliyotidan so‘ng donorlarning qoni tufayli omon qolgan. Shundan so‘ng, u balog‘at yoshiga yetishi bilan donorlik qilishni maqsad qilgan va 2018-yilgacha, ya’ni 81 yoshigacha, bu ishni davom ettirgan.

 

Avstraliyaning Lifeblood tashkiloti Jeyms Xarrisonning fidoyiligi haqida shunday bayonot berdi:

"Jeyms bizning Anti-D dasturimizning kashshofi edi. 1967-yildan beri uning qoni ishlatilgan Anti-D preparatining 3 milliondan ortiq dozasi manfiy qon guruhiga ega onalarga berilgan."

 

Jeyms Xarrison o‘z mehr-muruvvati va insonparvarligi bilan butun dunyoga donorlikning naqadar muhimligini isbotlagan inson sifatida tarixda qoladi.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Dunyodagi eng saxovatli donor vafot etdi | Zamon.uz