Ilon Mask Zelenskiyga Ukrainani tark etishni tavsiya qildi
Mask Zelenskiyga neytral davlatga ko‘chishi kerakligini aytmoqda.

Mashhur milliarder va DOGE (AQSh Hukumatining samaradorlikni oshirish departamenti) rahbari Ilon Mask Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyni hokimiyatdan voz kechishga va Ukrainani tark etishga chaqirdi. U buning evaziga Zelenskiyga neytral davlatda amnistiya taqdim etish kerakligini taklif qildi.
"Qanchalik yoqimsiz bo‘lmasin, Zelenskiyga Ukrainada tinch demokratik o‘tish jarayoni evaziga qandaydir amnistiya taklif qilish kerak", — deb yozdi Mask ijtimoiy tarmoqdagi postlardan biriga izoh berar ekan.
3-mart kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Zelenskiyning "Ukrainadagi mojaro tez orada tugaydi" degan bayonotini uning siyosiy faoliyatidagi "eng yomon bayonot" deb atadi.
Shuningdek, 28-fevral kuni Tramp va Zelenskiy uchrashuvidan keyin Vashington va Kiyev o‘rtasidagi munosabatlar yanada taranglashgani ma’lum qilindi. Mazkur uchrashuv keng ommaviy bahsga sabab bo‘ldi.







