Jahon

Rim Papasi nafas yetishmovchiligini boshdan kechirmoqda

Hozirda u sunʼiy nafas oldirish apparatiga yotqizilgan.

Rim Papasi nafas yetishmovchiligini boshdan kechirmoqda

Rim papasi Frensis ikki marta o‘tkir nafas yetishmovchiligidan aziyat chekdi va yana ventilyatorga yotqizildi.

 

Vatikan maʼlumotlariga ko‘ra, nafas olish qiyinchiliklari “endobronxial shilliq qavatning sezilarli darajada to‘planishi va keyinchalik bronxospazm” natijasida yuzaga kelgan. Ushbu holat sababli u bronkoskopiya muolajasidan o‘tgan va invaziv bo‘lmagan mexanik apparat bilan davolash davom ettirilgan. Barcha jarayon davomida Papa hushini yo‘qotmagan.

 

Maʼlumot uchun, Rim papasi 14 fevral kuni bronxit tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan edi. Keyinchalik uning ahvoli yomonlashib, qo‘sh pnevmoniya tashxisi qo‘yilgan. 1 mart kuni Frensisga bronxospazm xurujidan so‘ng nafas olish apparati ulandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"