Jahon

Dunyodagi eng aniq soat 3,3 mln dollarga sotilmoqda

Soat faqat ilmiy tadqiqotlar uchun ishlatiladi.

Dunyodagi eng aniq soat 3,3 mln dollarga sotilmoqda

Yaponiya dunyodagi eng aniq soatni ishlab chiqardi, uning narxi 3,3 million dollar deb belgilangan. Bu Shimadzu Corp kompaniyasi tomonidan yaratilgan Stronsiy optik panjarali soat bo‘lib, u 10 milliard yil davomida faqatgina 1 soniya xatoga yo‘l qo‘yishi mumkin.

 

Shimadzu o‘zining 150 yillik yubileyini nishonladi va Yaponiya ilmiy taraqqiyotida muhim rol o‘ynashni davom ettirishini bildirdi. Kompaniya 5-martdan boshlab ushbu ultra-aniq soatni sotuvga chiqaradi. Uch yil ichida faqat 10 dona ishlab chiqarish rejalashtirilgan, va ular asosan ilg‘or ilmiy tadqiqotlar uchun ishlatilishi kutilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"