“Qamchiq” dovoni yopildi
Hozirda yo‘l qordan tozalanmoqda.

Qalin qor yoqqanligi sababli “Qamchiq” dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi. Bu haqida Toshkent viloyati IIBB YHXB xabar berdi.
Qayd etilishicha, soat 15:00 dan A-373 xalqaro avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovoni qismi avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilgan.
“Maxsus texnikalar yordamida dovon yo‘lini qordan tozalash ishlari amalga oshiriladi. Transport vositalarining harakatiga ruxsat berilishi yuzasidan qo‘shimcha maʼlumot beriladi”, deyiladi xabarda.







