Jahon

Shimoliy Koreya sayyohlar uchun chegaralarini ochdi

Biroq oradan ko‘p o‘tmay mamlakat yana yopildi.

Shimoliy Koreya sayyohlar uchun chegaralarini ochdi

Shimoliy Koreya besh yillik izolyatsiyadan so‘ng chet ellik sayyohlar uchun chegaralarini ochdi, biroq oradan ko‘p o‘tmay, Pxenyan bu qarorini keskin bekor qildi. Xabarlarga ko‘ra, Shimoliy Koreyaning Xitoy bilan chegaradosh Rason shahriga tashriflar yana to‘xtatilgan.

 

Fevral oyida Shimoliy Koreyaning Rason shahri oz sonli xorijlik sayyohlarni qabul qila boshladi. G‘arb sayyohlik agentliklari Pxenyandan ruxsat olganini tasdiqlagan edi. Ammo bir necha hafta o‘tib, mamlakat eshiklarini yana yopdi.

 

Pekinda joylashgan Koryo Tours agentligi ham Rasonning vaqtincha yopilganini tasdiqladi. KTG agentligi esa buning sababi nomaʼlum ekanligini taʼkidladi.

 

Shimoliy Koreya 2020 yilda COVID-19 pandemiyasi sababli barcha xalqaro turizmni to‘xtatgan edi. Keyinchalik, Pxenyan Xitoy va Rossiya bilan savdo aloqalarini kuchaytirgan bo‘lsada, G‘arb bilan deyarli aloqalar yo‘q edi.

 

Shimoliy Koreya chegaralarni qayta yopish sabablarini rasman izohlamagan. Kuzatuvchilarga ko‘ra, bu Pxenyanning ichki siyosat yoki xalqaro bosimlar tufayli qabul qilingan navbatdagi keskin qarorlaridan biri bo‘lishi mumkin.

 

Sayyohlik firmalari vaziyatni tushunishga harakat qilmoqda, biroq KXDR yana qachon ochilishi nomaʼlum.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Shimoliy Koreya sayyohlar uchun chegaralarini ochdi | Zamon.uz