Jahon

Yaponida 108 yoshli ayol Ginnes rekordlar kitobiga kirdi

U dunyodagi eng keksa sartarosh sifatida tanilgan.

Yaponida 108 yoshli ayol Ginnes rekordlar kitobiga kirdi

 

Yaponiyaning Tochigi prefekturasida yashovchi Shitsui Xakoishi rasmiy ravishda dunyodagi eng keksa sartarosh deb tan olindi. U 1916-yil 10-noyabrda tug‘ilgan bo‘lib, 18 yoshidan beri sartaroshlik bilan shug‘ullanadi.

 

Xakoishining sartaroshxonasi Tokiodan uch soatlik masofada joylashgan bo‘lib, u hali ham mijozlar iltimosiga binoan ishlashda davom etmoqda. Rekordchi stilist urushdan oldingi davrlardan beri qo‘llab kelayotgan qaychilaridan hozir ham foydalanadi.

 

Shitsui Xakoishi 24 yoshida turmushga chiqqan, biroq turmush o‘rtog‘i Xitoy-Yaponiya urushida halok bo‘lgan. 1945-yilda Tokio bombardimon qilinganida, uning sartaroshxonasi butunlay vayron bo‘lgan. U farzandlari bilan Tochigiga ko‘chib o‘tib, 1953-yilda u yerda yangi salon ochgan va shu kungacha o‘z ishini davom ettirib kelmoqda.

 

Xakoishi uzoq umrning siri uchta qoidaga asoslanishini aytadi:

  • Kin tutmaslik
  • Hasad qilmaslik
  • Hech kim bilan janjallashmaslik

 

Hozirda u ko‘p vaqtini qariyalar uyida o‘tkazadi, biroq sadoqatli mijozlari murojaat qilsa, hali ham ishga qaytishdan mamnun.

custom img

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

custom img

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

custom img

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

custom img

Uyda yolg‘iz qizaloq: Yaponiyada o‘zbekistonlik kuryer 10 yoshli qizga shilqimlik qildi

Qiz voqeadan so‘ng politsiyaga murojaat qilgan va erkak hibsga olingan.

custom img

Ilk qo‘shma investitsiya: AQSH va Ukraina muhim minerallar bo'yicha kelishuv imzolandi

Yangi loyihalarning umumiy qiymati qariyb 70 mln dollarni tashkil etadi.

custom img

Flydubai’dagi hodisa: Tel-Avivga parvozlar to‘xtatildi

Saudiya Arabistonining Tabuk shahriga favqulodda qo‘nganidan so‘ng aviakompaniya reyslarni keyingi xabargacha to‘xtatdi.

custom img

Hindiston-Pokiston chegarasida otishma: ikki pokistonlik halok bo‘ldi

Hindiston OAVlari ularni chegarani buzishga uringan shaxslar sifatida taʼriflagan.

custom img

Maxfiy uchrashuv: Tramp ma’muriyati Eron masalasini muhokama qildi

Uchrashuv AQSh ma’muriyati tomonidan rasman e’lon qilinmagan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"