O'zbekiston

Toshkentda shifoxonalar bemorni qabul qilishdan bosh tortdi

Tez yordam bemorni 4 marta turli shifoxonalarga olib borgan.

Toshkentda shifoxonalar bemorni qabul qilishdan bosh tortdi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar tez tibbiy yordam xodimlari bir bemorni bir necha tibbiyot muassasasiga olib borib, oxirida uni ko‘p qavatli uy yo‘lagida qoldirib ketgani haqida xabar tarqaldi. Respublika tez tibbiy yordam markazi bu holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.

 

Ma’lum bo‘lishicha, 1953-yilda tug‘ilgan, aniq yashash manzili bo‘lmagan fuqaro M.B. 2025-yil 23-fevraldan beri tez tibbiy yordam xizmatiga bir necha bor murojaat qilgan. Har safar unga zaruriy tibbiy xizmatlar ko‘rsatilgan va u 4-son va 1-son shahar klinik shifoxonalariga bir necha marotaba olib borilgan.

 

6-mart kuni ro‘y bergan voqealar

Soat 10:53 da Bo‘zsuv 1/21 manzilidan chaqiruv kelgan. Tez yordam brigadasi bemorni tekshirib, 1-son shahar klinik shifoxonasiga olib borgan. Shifokorlar shoshilinch holat yo‘qligini aytib, bemorni qabul qilmagan. Yashash manzili aniq bo‘lmagani sababli "102" xizmatiga xabar berilib, u yana avvalgi joyiga qaytarilgan.

 

Soat 13:34 da shu manzildan ichki ishlar xodimi yana chaqiruv bergan. Bemorga tibbiy yordam ko‘rsatilgan, so‘ng u o‘zining yashash manzilini Bunyodkor ko‘chasidagi 421-uy deb ko‘rsatgani sababli tegishli xizmatlar bilan kelishilgan holda u yerga olib borilgan.

 

Soat 19:48 da shu manzildan yo‘lovchi tomonidan yana chaqiruv qilingan. Tez yordam brigadasi bemorni tekshirib, shoshilinch holat yo‘qligi sababli uni o‘sha joyning o‘zida qoldirgan.

 

Soat 20:31 da Ichki ishlar xodimi yana chaqiruv bergan. Tez yordam xizmati bemorni ko‘rikdan o‘tkazib, IIB xodimining iltimosiga ko‘ra yana 1-son shahar klinik shifoxonasiga olib borgan. U yerda shifokorlar unga "o‘ng tomonda yiringli yara" tashxisini qo‘yib, kasalxonaga yotqizishgan.

 

Ayni paytda fuqaro M.B. Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent shahar filialida rejali muolajalar olmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda shifoxonalar bemorni qabul qilishdan bosh tortdi | Zamon.uz