Malayziya suv toshqinlari bilan kurashmoqda
Hozirda 18 ta evakuatsiya markazi tashkil etildi.

Malayziyaning Sabah shtatida kuchli yomg‘irlar sabab yuzaga kelgan suv toshqini natijasida 4 mingdan ortiq aholi evakuatsiya qilindi. Favqulodda vaziyatlarni boshqarish milliy agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, jabrlanganlar uchun 18 ta vaqtinchalik boshpana tashkil etilgan.
Mahalliy hukumat va qutqaruv xizmatlari tabiiy ofat oqibatlarini kamaytirish uchun tezkor choralar ko‘rmoqda. Ob-havo mutaxassislarining ta’kidlashicha, yaqin kunlarda yog‘ingarchilik davom etishi mumkin, bu esa vaziyatni yanada og‘irlashtirishi ehtimoli bor. Jabrlangan aholiga oziq-ovqat va boshqa zarur buyumlar yetkazib berilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yilgi suv toshqinlari Malayziyada 161,4 million dollar zarar yetkazgan edi.







