Angliya qirg‘oqlarida ikkita kema to‘qnashib ketdi
Hozirda qutqaruv ishlari davom etmoqda.

Britaniya qirg‘oq qo‘riqlash xizmati Angliya qirg‘oqlari yaqinida Shimoliy dengizda sodir bo‘lgan kema to‘qnashuvi bo‘yicha qutqaruv operatsiyasini o‘tkazmoqda. Hodisa neft tashuvchi tanker va yuk kemasi ishtirokida yuz bergan.
Hodisa joyiga bir nechta qutqaruv qayiqlari va qirg‘oqni qo‘riqlash vertolyotlari yuborilgan. Shuningdek, qirg‘oq xavfsizligi samolyoti va o‘t o‘chirish uskunalari bilan jihozlangan kemalar ham voqea joyiga yetib kelgan.
Tasdiqlanmagan maʼlumotlarga ko‘ra, to‘qnashuvdan so‘ng neft tankeri yong‘in chiqib, zarar ko‘rgan bo‘lishi mumkin. Hozirda qutqaruvchilar jabrlanganlar bor-yo‘qligini aniqlash va kemalarning holatini baholash bilan shug‘ullanmoqda. Britaniya Sohil qo‘riqlash xizmati voqeaga oid barcha tafsilotlarni o‘rganmoqda.







