AQSh migrantlar bilan kurashish uchun ilova yaratdi
Ilova migrantlarga “o‘z xohishi bilan” mamlakatni tark etish imkoniyatini taqdim etdi.

AQSh bojxona va chegaralarni himoya qilish agentligi mamlakatni noqonuniy tark etmoqchi bo‘lgan migrantlar uchun “CBP Home” nomli maxsus mobil ilovani ishga tushirdi. Bu haqda departament rasmiy sayti xabar berdi.
Ilova migrantlarga mamlakatni ixtiyoriy ravishda tark etish imkonini berib, shu orqali ularga nisbatan qattiq choralar ko‘rilishining oldini olishga xizmat qiladi. Shuningdek, AQSh Ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noemning ta’kidlashicha, ushbu ilova kelajakda migrantlarning qonuniy yo‘l bilan AQShga qaytishi uchun ham imkoniyat yaratadi.
Eslatib o‘tamiz, 20-yanvar kuni Donald Tramp inauguratsiyadan so‘ng darhol AQSh-Meksika chegarasida favqulodda holat e’lon qilish haqidagi farmonni imzolagan edi. Ushbu chora noqonuniy migrantlar oqimini to‘xtatish maqsadida qabul qilingan.







