Avstraliyada bolalar ilondan arqon sifatida foydalandi
Hodisa tasvirlangan video ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokama qilindi.

Avstraliyaning Vurabinda shahrida hayratlanarli voqea sodir bo‘ldi: bir guruh bolalar ko‘chada sakrab o‘ynayotganida, ularning qo‘lidagi "arqon" mahalliy ayolning e’tiborini tortdi. Ayol bolalarga yaqinlashib, nima bilan o‘ynayotganini ko‘rsatishni so‘raganida, ular qo‘llaridagi narsani yerga tashlashdi. Ayni damda ayol qo‘rquvga tushdi – bu oddiy arqon emas, balki katta ilon bo'lgan.
Bolalardan biri uni qora boshli piton deb atadi. Bu ilon Avstraliyada keng tarqalgan va odatda odamlar uchun xavfsiz hisoblanadi, ammo mamlakat qonunchiligiga ko‘ra, unga zarar yetkazgan shaxs 12 600 dollargacha jarimaga tortilishi mumkin.







