Jahon

Janubiy Afrikada avtobus halokatga uchradi

Hodisa oqibatida12 kishi halok bo'lgan.

Janubiy Afrikada avtobus halokatga uchradi

 

Janubiy Afrikaning Yoxannesburg shahrida sodir bo‘lgan yirik yo‘l-transport hodisasi oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi, yana 45 nafari jarohatlandi.

 

Baxtsiz hodisa shahar asosiy aeroporti yaqinidagi katta yo‘lda yuz bergan. Guvohlarning aytishicha, avtobus to‘satdan yo‘ldan chiqib ketib, ag‘darilgan. YTHga boshqa transport vositalari jalb etilmagan.

 

Hodisaning aniq sabablari hali aniqlanmagan. Mahalliy huquq-tartibot idoralari hodisa joyida tergov olib bormoqda. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, haydovchining boshqaruvni yo‘qotishi yoki texnik nosozlik halokatga sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

 

Mahalliy rasmiylar jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatilayotganini ta’kidlashdi. Shifokorlarning so‘zlariga ko‘ra, ayrim jabrlanuvchilarning ahvoli og‘ir bo‘lib, qurbonlar soni ortishi ehtimoli bor.

 

Hodisa yuzasidan rasmiy tergov boshlangan bo‘lib, avtobus kompaniyasi va yo‘l harakati mutasaddilari javobgarlikka tortilishi mumkin.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Janubiy Afrikada avtobus halokatga uchradi | Zamon.uz