Jahon

Ukraina dunyodagi eng yirik qurol importchisiga aylandi

Kamida 35 davlat Ukrainaga qurol yetkazib bergan.

Ukraina dunyodagi eng yirik qurol importchisiga aylandi

SIPRI tadqiqotiga ko‘ra, Ukraina 2020-2024 yillarda dunyoning eng katta qurol importchisi bo‘ldi. Ushbu davr mobaynida jahon qurol importining 8,8 foizi Ukraina hissasiga to‘g‘ri kelgan.

 

Rossiyaning keng ko‘lamli bosqini boshlanganidan buyon kamida 35 davlat Ukrainaga qurol yetkazib bergan. Yetkazib beruvchilarning eng yiriklari AQSH (45%), Germaniya (12%) va Polsha (11%) bo‘lib, Ukraina qurol importi bo‘yicha Yevropadagi eng yirik davlatga aylangan.

 

SIPRI mutaxassislariga ko‘ra, yevropa davlatlari Rossiya tahdidiga javoban qurollanish jarayonini sezilarli darajada oshirgan. 2020-2024 yillarda NATOga aʼzo yevropa davlatlarining qurol importi avvalgi besh yillik davrga nisbatan 105 foizga oshdi.

 

Rossiya esa so‘nggi yillarda qurol eksportida katta yo‘qotishlarga duch kelgan. 2020-2024 yillarda Rossiyaning qurol savdosi 2015-2019 yillarga nisbatan 64 foizga kamaydi. Bunga urushning davom etishi, iqtisodiy sanksiyalar va qurol ishlab chiqarishdagi muammolar sabab bo‘lgan.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Ukraina dunyodagi eng yirik qurol importchisiga aylandi | Zamon.uz