Ukraina Moskvaga dron hujumi uyushtirdi
Rossiya tomoni hujumni qaytarganini aytmoqda.

Rossiya rasmiylariga ko‘ra, Ukraina harbiy kuchlari Moskva tomon 33 ta dron yo‘llagan, biroq barchasi havo hujumidan mudofaa tizimi tomonidan yo‘q qilingan. Moskva meri Sergey Sobyanin Telegram-kanalida hujum qaytarilganini tasdiqladi.
Rossiya Mudofaa vazirligi qo‘shimcha qilib, butun mamlakat bo‘ylab jami 43 ta dron urib tushirilganini bildirgan. Hujumlar natijasida jiddiy zarar yoki qurbonlar haqida maʼlumot berilmagan.
Avvalroq Ukraina Rossiyaning turli hududlariga, jumladan, Moskva va Belgorod viloyatlariga dron hujumlarini uyushtirgan edi. Ukraina rasmiylari bu borada izoh bermagan.







