Jahon

“X” platformasiga keng ko‘lamli kiberhujum uyushtirildi

Ilon Mask bu Ukraina tomonidan uyushtirilgan deb hisoblamoqda.

“X” platformasiga keng ko‘lamli kiberhujum uyushtirildi

 

10-mart kuni “X” ijtimoiy tarmog‘i keng ko‘lamli kiberhujumga uchradi, natijada platformaning ishlashida muammolar yuzaga keldi. Bu haqda Ilon Mask o‘zining akkauntida ma’lum qildi.

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu hujum platformaga har kuni yo‘llanadigan odatiy kibertahdidlardan ancha kattaroq va muvofiqlashtirilgan bo‘lgan. Mask IP-manzillar Ukraina viloyatlariga ishora qilayotganini aytib o‘tdi, biroq aniq tafsilotlar hozircha noma’lum.

 

“X” ijtimoiy tarmog‘idagi nosozliklar bir qancha mamlakatlarda kuzatilgan. Ayrim foydalanuvchilar platformaga umuman kira olmagan bo‘lsa, boshqalari postlarni joylash yoki ko‘rish imkoni yo‘qligidan shikoyat qilgan.

 

Hozircha kompaniya rasmiy bayonot bermagan, ammo mutaxassislar ushbu hujum ortida jiddiy kiberguruh yoki hatto butun bir davlat turgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

“X” platformasiga keng ko‘lamli kiberhujum uyushtirildi | Zamon.uz