Jahon

Xitoyda dunyodagi eng tezkor poyezd yaratilmoqda

Yangi CR450 poyezdi 450 km/soat tezlikka ega.

Xitoyda dunyodagi eng tezkor poyezd yaratilmoqda

 

Xitoyning CRRC Corporation Limited kompaniyasi dunyodagi eng tezkor poyezd bo‘lishga da’vogarlik qilayotgan CR450 prototipini sinovdan o‘tkazishni boshladi. Poyezd ilk bor Pekindagi eksperimental temiryo‘l halqasida sinovdan o‘tkazildi. Bu haqda kompaniyaning vitse-prezidenti Van Fen "Science and Technology Daily" nashriga ma’lum qildi.

 

Yangi CR450 poyezdi hozirda foydalanilayotgan CR400 Fuxing poyezdlaridan sezilarli darajada tezroq harakatlana oladi. CR400 Fuxing maksimal 350 km/soat tezlikda harakatlana olsa, yangi model sinovlarda 450 km/soat tezlikka erishgan. Van Fenning ta’kidlashicha, bu loyiha yuqori tezlikda harakatlanadigan poyezdlar sohasida nazariy, texnologik va muhandislik jihatdan katta yutuq hisoblanadi.

 

Xitoy Transport vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, CR450 poyezdi hozirda har tomonlama baholanmoqda. Poyezdga 4 mingdan ortiq sensor va kuzatuv tizimlari o‘rnatilgan bo‘lib, ular real vaqt rejimida harakat tizimlari, kuzov barqarorligi, kuchlanishli tok qabul qiluvchilar, boshqaruv tizimi va yong‘in xavfsizligi kabi asosiy elementlarni nazorat qilib boradi.

 

Bundan tashqari, ultra uzoq masofali aniqlash tizimi xavfli holatlarni oldindan sezish va oldini olish imkoniyatini oshiradi. Muhandislarning fikriga ko‘ra, yangi poyezd nafaqat tezligi, balki xavfsizlik va energiya samaradorligi jihatidan ham zamonaviy standartlarga javob beradi.

 

CR450 poyezdi sinovlardan o‘tganidan so‘ng Xitoyning temiryo‘l tizimida foydalanishga topshirilishi kutilmoqda. Ushbu loyiha nafaqat mamlakat ichki transportini rivojlantirishga, balki Xitoyni yuqori tezlikdagi temiryo‘llar bo‘yicha dunyo yetakchisiga aylantirishga xizmat qiladi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Xitoyda dunyodagi eng tezkor poyezd yaratilmoqda | Zamon.uz