Jahon

Chilida to‘rtta avtobus ishtirokida avtohalokat sodir bo'ldi

Fojia oqibatida 6 kishi halok bo'ldi.

Chilida to‘rtta avtobus ishtirokida avtohalokat sodir bo'ldi

 

Chilining Kokimbo viloyatida kechasi sodir bo‘lgan yirik yo‘l-transport hodisasi kamida 6 kishining hayotiga zomin bo‘ldi, yana 40 dan ortiq odam jarohatlandi.

 

BioBio radiostansiyasining xabariga ko‘ra, avvaliga bir avtobus yo‘lda ag‘darilib ketgan, shundan so‘ng ikki boshqa avtobus haydovchilari to‘xtab, jabrlanganlarga yordam berishga harakat qilgan. Shu vaqtda katta tezlikda kelayotgan yana bir avtobus to‘xtab turgan transport vositalariga urilgan. Guvohlarning aytishicha, ushbu avtobus haddan tashqari tez yurgan.

 

Avariya tunda sodir bo‘lgani tufayli qutqaruv operatsiyasi murakkablashgan. Qurbonlar orasida halokatga sabab bo‘lgan avtobus haydovchisi ham bor.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, 12 nafar yo‘lovchi og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan. Rasmiylar hodisa tafsilotlarini o‘rganmoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Chilida to‘rtta avtobus ishtirokida avtohalokat sodir bo'ldi | Zamon.uz