Jahon

Turkiyada noqonuniy mumiya savdosi oldi olindi

O‘rta asr mumiyasini sotmoqchi bo‘lgan kontrabandachilar qo‘lga olingan.

Turkiyada noqonuniy mumiya savdosi oldi olindi

 

Turkiyaning Nig‘de viloyati, Bor tumani hududida o‘tkazilgan maxsus operatsiya natijasida o‘rta asrlarga tegishli mumiyani noqonuniy ravishda sotmoqchi bo‘lgan 6 kishi qo‘lga olindi.

 

Ma'lum qilinishicha, Nig‘de viloyati jandarm boshqarmasi Kontrabanda va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash bo‘limi tarixiy boyliklarni noqonuniy olib o‘tishga oid razvedka ma’lumotlarini olgan. Ushbu ma’lumotlar asosida Bor tumanidagi Kemerhisar qishlog‘ida maxsus operatsiya o‘tkazilgan.

 

Tadbir davomida H.G.ning uyidan O‘rta asrlarga mansub, nasroniy shaxsga tegishli deb taxmin qilinayotgan mumiya topilgan. Gumonlanuvchi H.G. va yana besh kishi hibsga olingan.

 

Nig‘de viloyati gubernatori Cahit Chelik ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida operatsiya haqida shunday bayonot berdi:

"Jandarmeriya bo‘linmalariga mamlakatimizning madaniy merosini himoya qilishdagi fidokorona mehnatlari uchun minnatdorchilik bildiramiz va muvaffaqiyatli operatsiya bilan tabriklaymiz. Madaniy merosimizni himoya qilish qat’iyatimizni yana bir bor ta’kidlaymiz."

 

Ayni paytda qo‘lga olingan shaxslar bo‘yicha tergov ishlari Jandarma Bosh boshqarmasida davom etmoqda.

custom img

Dehlida talabalar yashaydigan bino qulab, 6 kishi halok bo‘ldi

Hodisaga sabab sifatida binoning yerto‘lasida suv to‘planishi va taʼmirlash ishlari ko‘rsatilgan.

custom img

Tramp Hurmuz bo‘g‘ozi va Oyni AQSHga tegishli deb atadi

AQSH prezidenti Truth Social‘da Hurmuz bo‘g‘ozi suratini “Qo‘shma Shtatlarning yangi hududi”, Oyni esa “bizniki” degan postlarni eʼlon qildi.

custom img

“Rosatom” Qozog‘istonda yangi AES quradi. Bu Rossiyaning Markaziy Osiyodagi ta’sirini kuchaytiradimi?

Moliyaviy qiyinchiliklar fonida “Rosatom” Qozog‘istonning “Balxash” AESini qurish bo‘yicha shartnoma imzoladi.

custom img

Tramp Putin va Zelenskiy bilan telefon orqali gaplashishi kutilmoqda

AQSH ma’muriyatining Ukraina bo‘yicha yangi tinchlik paketi ustida ishlayotgani aytilmoqda.

custom img

Mayami xalqaro aeroportida Боэинг yuk samolyoti halokatga uchradi: 5 kishi halok bo‘ldi

Yuk samolyoti qo‘nish vaqtida uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib ketib, avtomobillarga urilgan.

custom img

Indoneziyada vulqon otilishi sabab 8 ta aeroport yopildi

Vulqon kullari tarqalishi oqibatida Jakarta va Bali aeroportlarida aviaqatnovlar cheklanib, ayrim reyslar bekor qilindi.

custom img

Lavrov Germaniyani Rossiyaga qarshi “haqiqiy urush boshlash”da aybladi

Germaniyaning Rossiya maxsus xizmatlarini Leypsig/Halle aeroportidagi dron hujumiga aloqadorlikda ayblagani Lavrovning tanqidiga sabab bo‘ldi.

custom img

Kongo DRda to‘y marosimida yong‘in chiqib, 22 kishi halok bo‘ldi

Kongo bosh vazirining o‘rinbosari va ichki ishlar vaziri voqea joyiga tashrif buyurgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"