Jahon

Ukraina 30 kun davomida to‘liq o‘t ochishni to‘xtatishga tayyor

Vladimir Zelenskiy Amerikaning taklifni qo‘llab-quvvatladi.

Ukraina 30 kun davomida to‘liq o‘t ochishni to‘xtatishga tayyor

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy AQSHning 30 kunlik otashkesim o‘rnatish taklifini qabul qilishga tayyorligini maʼlum qildi. U, Kiyev va Vashington vakillarining Saudiya Arabistonida o‘tkazgan muzokaralari natijasini izohladi va AQSHning Rossiyani bu taklifni qabul qilishga ishontirishi kerakligini aytdi.

 

Zelenskiy Kiyev muzokaralarda uchta asosiy taklifni ilgari surganini taʼkidladi: “osmonda tinchlik”, “dengizda tinchlik” va “mahbuslarni ozod qilish”. U AQSHning bu takliflarni tushunganini va qabul qilganini bildirdi, shuningdek, Prezident Trampga konstruktiv suhbat uchun minnatdorchilik bildirganini aytdi.

 

“Amerika tarafidan birinchi qadamni qo‘yish taklifi bo‘ldi – nafaqat Qora dengizda, balki butun front bo‘ylab 30 kun davomida o‘t ochishni to‘xtatishga harakat qilishni so‘rashdi. Ukraina bu taklifni qabul qiladi va ijobiy baholaydi”, – degan Ukrain

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"