Jahon

Xitoylik ayol 36 erkakni chuv tushirdi

Ayol erkaklarni uy olishga ishontirib, keyin g‘oyib bo‘lgan.

Xitoylik ayol 36 erkakni chuv tushirdi

 

Xitoyning Shenchjen shahrida yashovchi ayol 36 erkakni ipoteka kreditini olishga ko‘ndirib, ularni aldadi. Jabrlanuvchilar aytishicha, ular Liu Jia ismli ayol bilan ijtimoiy tarmoq orqali tanishishgan. U o‘zini aqlli, diqqatli va oilaparvar inson sifatida ko‘rsatgan. Jabrlanganlardan birining aytishicha, ular uchrashganlaridan atigi bir oy o‘tib, ayol nikoh haqida gapira boshlagan.

 

Liu Jia barcha erkaklarga bitta sxema asosida yondashgan. U "orzusidagi uyini" qurishni orzu qilishini, ammo ijarada yashashni istamasligini bildirgan. Erkaklarni ipoteka kreditini olishga ishontirib, dastlabki to‘lovga moliyaviy yordam berishga va’da qilgan.

 

Ayol jabrlanuvchilarni aynan Xuychjou shahridagi ikkita muayyan mahallada uy sotib olishga yo‘naltirgan. Bu hududlarda ishlab chiquvchilar potentsial xaridorlarga 100 000 yuan (taxminan 12 600 yevro) subsidiya taklif qilgan.

 

Shartnomalar imzolanib, ipoteka kreditlari berilgach, Liu Jia o‘z ismini uy egalik hujjatlariga kiritishdan bosh tortgan, hech qanday moliyaviy yordam ko‘rsatmagan va barcha erkaklarni aloqadan chiqarib tashlagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, u ko‘chmas mulk agentlari va qurilish kompaniyalari bilan til biriktirib, o‘zi olib kelgan mijozlar orqali foyda olgan.

 

Hozircha ushbu firibgarlik bo‘yicha rasmiy jinoiy ish qo‘zg‘atilgani noma’lum, ammo bu voqea Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida keng tarqalgan va jamoatchilik orasida katta shov-shuvga sabab bo‘lgan.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Xitoylik ayol 36 erkakni chuv tushirdi | Zamon.uz