Jahon

Argentinada norozilik namoyishlari avj oldi

Hozirda150 kishi hibsga olingan.

Argentinada norozilik namoyishlari avj oldi

 

Buenos-Ayres markazida bo‘lib o‘tgan norozilik namoyishi politsiya bilan to‘qnashuvlarga aylanib ketdi. Xavfsizlik kuchlari tartibsizliklarni bostirish chog‘ida 150 kishini qo‘lga oldi.

 

Argentina xavfsizlik vaziri Patrisiya Bulrixning ma’lum qilishicha, voqealar davomida 15-17 nafar politsiyachi jarohatlangan. "Namoyishda qatnashganlarning aksariyati muxlislar va so‘l guruh vakillari bo‘lib, ular tajovuzkor harakatlarga tayyor edi", dedi u.

 

12 mart kuni Kongress binosi yonida uyushtirilgan norozilik aksiyasida nafaqalar kamligi va yashash sharoitining og‘irligidan norozi pensionerlar, shuningdek, ularni qo‘llab-quvvatlagan futbol muxlislari ishtirok etdi. Taxminan ikki ming kishi maydon va uning atrofida to‘planib, o‘z noroziliklarini bildirgan.

 

Namoyish boshlanganidan ko‘p o‘tmay, huquq-tartibot xodimlari va namoyishchilar o‘rtasida to‘qnashuvlar yuzaga keldi. Yoshlar politsiyaga tayoq, shisha va tosh otgan, bunga javoban politsiya ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va suv purkagichlardan foydalangan. Namoyishchilar barrikadalar qurishga, politsiya mashinalari va axlat qutilariga o‘t qo‘yishga uringan.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Argentinada norozilik namoyishlari avj oldi | Zamon.uz