Jahon

Rossiya Ukrainadagi urushni tugatish talablarini taqdim etdi

Ular Amerika rasmiylari bilan muhokama qilingan.

Rossiya Ukrainadagi urushni tugatish talablarini taqdim etdi

Rossiya AQShga Ukrainaga qarshi urushni tugatish va ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni tiklash bo‘yicha talablar ro‘yxatini yubordi. Moskva ushbu talablarni so‘nggi uch hafta ichida yuzma-yuz va virtual uchrashuvlarda Amerika rasmiylari bilan muhokama qilgan. Ushbu talablar avvalroq Rossiya tomonidan Ukraina, AQSh va NATOga qo‘yilgan shartlarga o‘xshash ekani aytilmoqda.

 

Rossiyaning oldingi talablariga Ukrainaning NATOga a’zo bo‘lishidan voz kechishi, Qrim va Donbass hududlarining Rossiyaga tegishli ekani tan olinishi va Ukraina hududiga xorijiy qo‘shinlar kiritilmasligi kabi shartlar kirgan edi. Rossiya, shuningdek, NATOning sharqqa kengayishini urushning asosiy sababi sifatida ko‘rib, bu masalani hal qilishga chaqirgan.

 

AQSh prezidenti Donald Tramp esa Putinning 30 kunlik o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga rozi bo‘lishini kutayotganini ma’lum qildi. Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy buni tinchlik muzokaralariga qo‘yilgan ilk qadam sifatida baholadi. Ammo ayrim AQSh rasmiylari va ekspertlari Putin bu kelishuvdan G‘arb davlatlari o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni kuchaytirish va muzokaralarni izdan chiqarish uchun foydalanishi mumkinligini ta’kidlamoqda.

 

custom img

Vladimir Zelenskiy Ilon Maskni “Ozodlik” ordeni bilan taqdirladi

Mukofot unga inson hayoti va erkinligini himoya qilish hamda Ukraina va AQSh o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishdagi xizmatlari uchun berildi.

custom img

Eron BMT Xavfsizlik kengashidan AQSHning bir tomonlama choralarini qoralashni so‘radi

Tehron Vashingtonning iqtisodiy va harbiy bosimini xalqaro huquqqa zid deb baholab, bu choralar xalqaro miqyosda xavfli pretsedent yaratishi mumkinligidan ogohlantirgan.

custom img

Pokistonda tug‘ruqxonadagi yong‘inda 14 chaqaloq halok bo‘ldi

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yong‘inga bo‘lim ichidagi konditsioner kompressorining portlashi sabab bo‘lgan.

custom img

AQSh immigratsion viza arizalarini ko‘rib chiqishni to‘xtatdi

Davlat departamenti bu chorani global o‘quv tadbiri bilan izohladi.

custom img

Pokiston Eron va AQSh o‘rtasidagi muzokaralarda sezilarli siljish bo‘lganini bildirdi

Tehronda o‘tkazilgan muzokaralarda mojaroning kuchayishiga yo‘l qo‘ymaslik, Hormuz bo‘g‘ozini qayta ochish va urushni yakunlash masalalari muhokama qilindi.

custom img

Ispaniya Seutadagi migratsiya inqirozi sabab Yevropa Ittifoqidan favqulodda mablag‘ so‘radi

Iyul oxirida Marokashdan 70 mingdan ortiq migrant Seutaga kirishga uringan, qurbonlar qayd etilgan.

custom img

Qozog‘istondagi yirik neftni qayta ishlash zavodida yong‘in chiqdi

Yong‘inni o‘chirishga 65 ga yaqin xodim va 19 ta texnika jalb qilingan.

custom img

Qozog‘istonda elektr skuterlarni piyodalar yo‘laklarida haydash taqiqlandi

Cheklovlar yo‘l-transport hodisalari sonining ortib borayotgani sabab joriy etilgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"