YEI AQSH tovarlariga javob bojlari joriy qiladi
Ular aprel oyi o‘rtalaridan kuchga kiradi.

Yevrokomissiya Donald Trampning YEIdan import qilinadigan po‘lat va alyuminiy importiga 25 foizlik tariflariga javoban Qo‘shma Shtatlarning bir qator mahsulotlariga bojlar joriy etilishini maʼlum qildi.
“YEI AQSHning 26 milliard yevrolik mahsulotlariga bojlarni oshirmoqda. Bu Vashington tomonidan bojlar kiritilgan Yevropa mahsulotlarining umumiy qiymatiga to‘g‘ri keladi. Yevropa Ittifoqining yangi tariflari Qo‘shma Shtatlardan viski, mototsikl va qayiqlar importiga ham taʼsir qiladi. YEIning yangi bojlari aprel oyining o‘rtalarida to‘liq kuchga kirishi kutilmoqda”, deb yozadi Reuters.







