Jahon

Italiyada kuchli yog‘ingarchilik kuzatilmoqda

Mamlakat shimolida qizil ogohlantirish e’lon qilindi.

Italiyada kuchli yog‘ingarchilik kuzatilmoqda

 

14-mart kuni Toskana va Emiliya-Romanya viloyatlarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi natijasida qizil ogohlantirish darajasi belgilandi. Florensiyada qutqaruv xizmatlari allaqachon suv bosgan avtomobillar bo‘yicha o‘nlab xabarlarni qabul qilmoqda.

 

Viloyat rahbari Eugenio Giani aholiga ehtiyotkor bo‘lishlarini tavsiya qilib, vaziyat yanada yomonlashishi mumkinligini ogohlantirgan. Florensiyada deyarli barcha davlat muassasalari, jumladan, maktablar, bozorlar, muzeylar va qabristonlar yopilgan. Madaniy va sport tadbirlari bekor qilingan.

 

Eslatib o‘tamiz, 2023-yil may oyida Emiliya-Romanyada sodir bo‘lgan halokatli toshqinlar 17 kishining hayotiga zomin bo‘lib va milliardlab yevro zarar keltirgan edi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"