Jahon

Turkiyada shifokor ayollarni homiladorlikka ishontirib, firibgarlik qilgan

Hozirda tergov ishlari davom etmoqda.

Turkiyada shifokor ayollarni homiladorlikka ishontirib, firibgarlik qilgan

 

Turkiyaning Shirnak viloyatida ginekolog bo‘lib ishlagan İsmet Besen ismli shifokor ayollarni yolg‘on homiladorlikka ishontirib, keyinchalik ularga homiladorlik tugamaganini aytgan va pul evaziga abort qilgan. Bu mudhish jinoyat ortidan olib borilgan tergov natijasida o‘nlab ayollar jabrlangani ma’lum bo‘ldi.

 

Tergov natijalariga ko‘ra, 58 yoshli shifokor bemorlariga maxsus dori vositalarini bergan, bu esa homiladorlik testlarini soxtalashtirib, ayollarga homiladorlik hissini paydo qilgan. Keyinchalik u chaqaloq bachadonda vafot etganini aytib, sun’iy abort amaliyotini o‘tkazgan va shu orqali katta miqdorda pul ishlab topgan.

 

Firibgarlik Byurosi tomonidan olib borilgan tergovda 12 nafar jabrlanuvchi ayol guvohlik berdi. DNK tahlillari natijasida shifokor operatsiya qilgan ayollarning homilalari ularga tegishli emasligi aniqlandi. Shuningdek, shifokorning Shirnak, Aydin va Izmir shaharlarida joylashgan klinikalarida ham tekshiruvlar o‘tkazildi va natijada İsmet Besen hamda uning 4 nafar yordamchisi qo‘lga olindi.

 

Besen 14-fevral kuni rasmiy ravishda hibsga olingan va unga “yirik miqyosdagi firibgarlik” aybi qo‘yilgan.

 

Tergov davomida Besenning avval ham noqonuniy ishlarga qo‘l urgani aniqlangan. U 2006-yilda “Yil shifokori” unvonini olgan bo‘lsa-da, 2007-yilda dori vositalari bilan bog‘liq firibgarlik uchun hibsga olingan. Hozirda ushbu ish bo‘yicha 3 ta klinika va 9 ta dorixonaning egalari ham tergov ostida.

 

Shifokorning faoliyati tekshirilganda, faqat 7 oy ichida 25 mingdan ortiq bemorni qabul qilgani va ularga turli dorilar yozib bergani aniqlangan. 2005-yilda esa u Silopi Davlat kasalxonasida kuniga o‘rtacha 171 bemorni qabul qilib, retsept yozgan. Bundan tashqari, tergov jarayonida Besenning Anqarada 15 ta ko‘chmas mulkka egaligi ham ma’lum bo‘lgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Turkiyada shifokor ayollarni homiladorlikka ishontirib, firibgarlik qilgan | Zamon.uz