Jahon

Angliyada malakasiz jarroh bemorlarning hayotiga zarar yetkazdi

U noto‘g‘ri operatsiyalar tufayli 91 bemorning hayotini xavfga qo'ygan.

Angliyada malakasiz jarroh bemorlarning hayotiga zarar yetkazdi

 

Angliyada malakasiz jarroh 91 nafar bemorga noto‘g‘ri tibbiy muolajalar o‘tkazib, ularning sog‘lig‘iga jiddiy zarar yetkazgan.

 

Jabrlanganlardan biri, 51 yoshli Anjela Gloverning so‘zlariga ko‘ra, 2018-yilda Uolsolldagi davlat kasalxonasida ishlagan jarroh Mian Munavar Shoh uning yelkasiga noto‘g‘ri tashxis qo‘yib, asossiz operatsiya o‘tkazgan. Ayolning faqat mushak yorilishi bo‘lishiga qaramay, jarroh unga metall pinlar qo‘ygan. Natijada u umrbod og‘riqda yashashga majbur bo‘lgan.

 

Tergov natijalariga ko‘ra, doktor Shoh 91 bemorda noto‘g‘ri operatsiyalar bajargan. U murakkab suyak operatsiyalarini amalga oshirish uchun yetarli malakaga ega bo‘lmagan bo‘lsa-da, suyaklarni olib tashlash, vintlar o‘rnatish va protez joylashtirish kabi jarrohlik amaliyotlarini bajargan.

 

Kasalxona direktori jabrlangan bemorlar va ularning oilalaridan rasman uzr so‘radi. Hozircha jarroh qanday javobgarlikka tortilishi va bemorlar yetkazilgan zarar uchun kompensatsiya olishi-olmasligi noma’lumligicha qolmoqda.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Angliyada malakasiz jarroh bemorlarning hayotiga zarar yetkazdi | Zamon.uz