AQShda vertolyot halokatga uchradi
Hodisa oqibatida uchuvchi halok bo‘lgan.

AQShning Ogayo shtati, Portaj okrugida Schweizer 269C rusumli vertolyot halokatga uchradi. Ma’lum qilinishicha, uchuvchi vertolyotning elektr simlarga o'ralib qolishi oqibatida boshqaruvni yo‘qotgan va suv omboriga qulagan.
Halokat natijasida 52 yoshli uchuvchi Entoni Jons vafot etgan. Uning jasadi suv omboridan topilgan. AQSh Federal Aviatsiya boshqarmasi (FAA) ma’lumotiga ko‘ra, halokat yuz bergan paytda vertolyot bortida faqat uchuvchi bo‘lgan. Hozirda rasmiylar voqeaning aniq sabablarini o‘rganmoqda.
Mahalliy huquq-tartibot organlari va qutqaruv xizmatlari voqea joyida ishlashni davom ettirmoqda. Ushbu halokat aviatsiya xavfsizligi bo‘yicha muhokamalarni yana kun tartibiga olib chiqishi kutilmoqda.







