Jahon

Berlinda to‘rtta Tesla yonib ketdi

Voqea uyushtirilgan bo‘lishi mumkin.

Berlinda to‘rtta Tesla yonib ketdi

14-martga o‘tar kechasi Berlinda nomaʼlum shaxslar tomonidan to‘rtta Tesla avtomobili yoqib yuborildi. Huquq-tartibot idoralari bu hodisaning siyosiy sababga ega bo‘lishi mumkinligini inkor etmayapti. Yong‘inlar shaharning turli hududlarida yarim soat ichida sodir bo‘lgan va natijada yana beshta avtomobil shikastlangan.

 

Berlinda politsiya vakillarining maʼlum qilishicha, barcha Tesla avtomobillari butunlay yonib ketgan. Hozirda davlat xavfsizlik boshqarmasi voqeani batafsil o‘rganmoqda.

 

Germaniyada elektromobillarga qarshi hujumlar avval ham kuzatilgan. Bu voqea Tesla kompaniyasining Gruenheide shahridagi zavodini kengaytirish rejalariga qarshilik ko‘rsatgan ekologik faollar tomonidan uyushtirilgan bo‘lishi mumkinligi taxmin qilinmoqda. Shu sababli, tergovchilar hodisaning siyosiy sabablarini ham o‘rganmoqda.

custom img

Turkiyaning uchta aviakompaniyasi Eronga parvozlarni to‘xtatdi

Turkiyaning Turkish Airlines, AJet va Pegasus aviakompaniyalari 21-sentyabrdan Eronga va Erondan amalga oshiriladigan reyslarni to‘xtatdi. Bu AQSHning Eron aviatsiya sektoriga nisbatan yangi sanksiyalari kuchga kirishi fonida yuz berdi.

custom img

Maktabdagi otishma: Turkiyada 10 kishi yaralandi

15 yoshli o‘quvchi miltiq bilan maktab oldiga borib, otishma uyushtirgan.

custom img

5 mlrd dollar ajratiladi: AQSH Yaqin Sharq energetikasini tiklashni taklif qildi

Umumiy qiymati 10 mlrd dollarga yetishi mumkin bo‘lgan fond Hurmuz bo‘g‘oziga neft va gaz tashishda qaramlikni kamaytiruvchi infratuzilmani rivojlantirishga ham yo‘naltiriladi.

custom img

Generallar ham qutula olmadi: Xitoyda ikki yuqori martabali harbiy haydaldi

Generallar partiyaga sadoqatsizlik, guruhbozlik, mansab vakolatlarini suiisteʼmol qilish va korrupsiyada ayblangan.

custom img

Yangi cheklov: AQSh Eron aviakompaniyalarining dunyo bo'ylab parvozlarini to'xtatmoqchi

Eron aviakompaniyalariga xizmat ko‘rsatadigan xorijiy aeroport va kompaniyalar AQSh sanksiyalariga duch kelishi hamda dollar tizimidan uzilishi mumkin.

custom img

Italiya maktablarida xorijiy o‘quvchilar soni cheklanadi: burqa va niqob kiyish ham taqiqlanadi

Ayrim xorijlik o‘quvchilarning ota-onalariga italyan tilini o‘rganish majburiyati yuklatilishi mumkin.

custom img

Tramp uchta yirik OAVga Oq uyga kirishni taqiqladi: jurnalistlar sudga murojaat qildi

Donald Tramp taqiqni “soxta yangiliklar”ga qarshi chora sifatida izohladi.

custom img

Dunyoda dizel taqchilligi kuchaymoqda: tanqislik 2027-yilgacha davom etishi mumkin

Xitoy eksportining oshishi va neftni qayta ishlash korxonalarining yuqori rentabellik bilan ishlayotgani bozordagi bosimni qisman yumshatmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"