Samarqandda xalqaro sport musobaqasi bo‘lib o‘tadi
Unda 20 dan ortiq davlatdan ishtirokchilar qatnashadi.

2025 yil 24-25 may kunlari qadimiy Samarqandda butun dunyodan eng kuchli, elita sportchilari ishtirok etadigan triatlon va paratriatlon bo‘yicha Jahon kubogi bo‘lib o‘tadi
Samarqand 20 dan ortiq davlatdan keladigan ishtirokchilarni qabul qiladi va poyga davomida sportchilar sovrinli o‘rinlar uchun kurash olib boradi.
Musobaqa g‘oliblari keyingi Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma olish uchun reyting ochkolarini qo‘lga kiritishda katta ustunlikka ega bo‘ladilar.
2024 yilda Samarqandda Triatlon bo‘yicha Jahon kubogi debyuti bo‘lib o‘tdi va shu zahotiyoq Butunjahon triatlon xalqaro federatsiyasining eng yuqori baholarini, shuningdek, ishtirokchilar va tomoshabinlarning ko‘plab hayajonli sharhlarini oldi.







